Dunyo kezib dunyo topay deb
Sho'x tulporda uloq chopay deb
Saroy qurib tomin yopay deb

Ona seni unutganim rost
Qo'ling tutdib cho'zguncha bo'y bast
Bo'ldi bo'ying menikidan past

Yolg'on dunyo yolg'onidan mast
Ona seni unutganim rost
Tosh bolishga botdimi boshing

Yo'lim poylab bitdimi doshing
Sen mehribon men bag'ritoshing
Ona seni unutganim rost