Kerilma ketguvchi
Ko'rkam savlating
Dovrug'ing shuhrating
Molu davlating

Ajalga hech kimsan
Kelsa navbating
Tuproqdan bo'lgansan
Tuproq bo'lasan

Kun kelib tark rtar
Bilagingni kuch
Joningga har qadam
Dardlar kelar duch

Ey o'zin zo'r bilgan
Bilsang bir hovuch
Tuproqdan bo'lgansan
Tuproq bo'lasan