Ajib bir bozorga
Kirib qolibman
Manzara yoqimsiz
Bekor kiribman

Izlagan narsamni
Esdan chiqardim
Savdosi boshqacha
Ko'rib yig'ladim

Mehr oqibatni
Narxi osmonda
Uni ham topmadim
Yo'qmish hech kimda
Vijdonni so'radim
Narxi bir chaqa
Dedilar kerakku
Ozmoz choychaqa

Insofni umuman
Topib bo'lmadi
Ba'zilar hattoki
Uni bilmadi

Sochilib yotibdi
Har xil kitoblar
Yonida yana ko'p
Bir xil niqoblar