Dildagi dard jonga ulfat
Sevdim deb ayt o Sabohat
Bu muhabbat ko'ngilda xat
Ketma faqat o Sabohat

Ishq-bu qismat ishq-bu hasrat
Ishq-bu jannat o Sabohat
Qani omad qani rohat
Qani toqat o Sabohat

Oshiqlik baxt qo'ysang ham shart
Shahdingdan qayt o Sabohat
Gunohim ayt dilim zulmat
Bu haqiqat o Sabohat