Tilimizni yomon so'zdan tiymadik
O'zga dardni tinglamadik kuymadik

Mol dunyoga hirs qo'ydiku to'ymadik
Alloh Alloh Alloh o'zing kechirgin

Farzandlarni qaytarmadik yo'lidan
Puli borni doim tutdik qo'lidan

Juda uzoqlashdik savob yo'lidan
Alloh Alloh Alloh o'zing kechirgin

Qizlarimiz yechdi hayo libosin
Oltin zarga sotdi kumush ibosin

Ishratlarga alishdi sof dunyosin
Alloh Alloh Alloh o'zing kechirgin