Uxlab qolsam uyg‘otmang ona
Charchab ketdim qattiq toliqdim
Yurak - kaptar qamalgan xona
Hayolimning havolari dim
Uxlab qolsam uyg‘otmang ona
Charchab ketdim qattiq toliqdim
Yurak - kaptar qamalgan xona
Hayolimning havolari dim

Tizzangizga boshim botmasin
Faqat qo‘ymang quchog‘ingizdan
Ayting tongga bugun otmasin
Ona ayting iltimos sizdan
Tizzangizga boshim botmasin
Faqat qo‘ymang quchog‘ingizdan
Ayting tongga bugun otmasin
Ona ayting iltimos sizdan