Kuyib ketdi yurak seni izlayverib
Sendan qolgan alamda dil muzlayverib
Meni sevib olislarga ketganingda
Ko'z yoshlarim daryo bo'ldi yig'layverib
Oqib ketdim qayg'u to'la firoqlarga
Ketay desam ketolmayman uzoqlarga
Har qadamda duch kelib ming tuzoqlarga
Ko'z yoshlarim daryo bo'ldi yig'layverib

Sevaman deb aytgan so'zlaring
Yolg'on ekan yolg'on ekan
Menga qarab boqqan ko'zlaring
Armon ekan armon ekan
Eh dardlarim kimlar uchun
Darmon ekan darmon ekan
Ko'z yoshlarim daryo bo'ldi yig'layverib