Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r
Ikki sandiq kitob
Bir uyum tuproq
Odamlar ortimdan
Nima desa der
Men seni o`ylayman
O`zimdan ko`proq –
Lola lolajonim
Lolaqizg`aldoq

Men ketsam yomondan
Yiroq bo`l ohu
Chunki sen chiroyli
Ko`rkli bir juvon
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo`lar-u
Yomon odam yaxshi
Bo`lmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh
Lola lolajonim
Lolaqizg`aldoq