Hamon mening yodimdasan
Beg'uborlik chog'imda
Ilk sevgi bahorimda
Ba'zan bahor ba'zan kuz

Qoshlari misli hilol
Kipriklar nayza misol
Bormikan endi visol
Ba'zan bahor ba'zan kuz

Sochlari uzun nihol
Meni aylab giriftor
Sevib qoldimda bir bor
Ba'zan bahor ba'zan kuz
Ba'zan bahor ba'zan kuz