Ko'zlaringning ko'zgusida
Shijoatning aksi bo'lsin
Vujudingda matonatning
Dardga qarshi bahsi bo'lsin
Ko'zlaringni yumgin bir zum
Va qalbinga quloq urgin
Harakatda to'xtama bor
Kelajaging yaxshi bo'lsin

Ajal kelib uxlab qolsang
Ro'yobini tush ko'rarsan
Maqsadingni belgilab ol
Shunda dalil kuch ko'rarsan
Chegarasiz nur bo'larsan
Osmonlarga yor bo'lasan
Chegarasiz nur bo'larsan
Osmonlarga yor bo'lasan