Yurgan bu yo'lim
Har bosgan qadamim
O'z-o'zimga bo'ysinmas
Ko'zlarimni ochib
Atrofimga boqsam
Go'yo hech narsa ko'rinmas

Bilaman men bugun
So'nggi bor ko'rishchun
Sening oldingga boraman
Ich-ichimdan yonib
Umidlarga to'lib
Ko'zlaringga bir boqaman

Mana bugun ayrilamiz
Yengilamiz
Taqdirning bir sinoviga
Negadir men so'zlaringda
Ko'zlaringda
Afsusni hech ko'rmayapman

Bo'ldi bo'ldi o'ylamay
Yig'lamay deyman-u unutolmayman
To'lib ketdi ko'zda yosh
Yashiraman lekin ko'nikolmayman
Tunlarim tong yoritadi baxtli ko'rsam
Yuragimga shu yetadi baxtli ko'rsam

Meni aslo o'ylamagin men baxtliman
Gohi gohi o'ng emas
Balki bu tush deyman o'zimni aldab
Mayli sen unut sevgim
Men yashayman uni qalbimda asrab