Qayt sen yonimga qayt mendan uzoqlashma
Shu payt baxtli kunlarim qayt yiroqlashma
Tun yolg'iz zulmat tun dardlarimla mahzun
Uzun qayg'uli kunlarimda yo'q mazmun
Balki endi farqi yo'q sevgidan najot yo'q
Baxt mendan kechgansan unutib bo'lgansan
Lek – senga farqi yo'q mehring go'yo yiroq
Tuyg'ularim sarson sensiz umrim xazon
Dard yana o'sha dard betinim hasrat yuragimni qiynar
Faqat bu yurak ezilar baxtning o'tgan kunlaridan go'yo ovunar
Xazon tuyg'ularim xazon nega yana azob atrofim egallar
Yig'lar orzularim yig'lar yuragim senga tinmay shoshilar
Balki endi farqi yo'q sevgidan najot yo'q
Baxt mendan kechgansan unutib bo'lgansan
Lek – senga farqi yo'q mehring go'yo yiroq
Tuyg'ularim sarson sensiz umrim xazon
Yana xazonlar yana usha kuz yomg'irlar
Tinmay eslatar seni bu sog'inchli kunlar
Tomchi ko'z yoshlar o'sha va'dalar qilar a'lam
Balki endi farqi yo'q sevgidan najot yo'q
Baxt mendan kechgansan unutib bo'lgansan
Lek – senga farqi yo'q mehring go'yo yiroq