Tomchi-tomchi ko'z yoshlar yurak birga yig'lar
Sen rad etgan bu yurak sensizlikdan yig'lar
Bilsang edi qanchalar alamlarim vujudim ezar
Yakson bo'lgan g'ururim chetdan menga boqar
Parchalangan sevgim ham yomg'irlardek oqar
Balki aybim – sevganim
Sendan umid kutganim meni yana
Yurak yig'lar yig'lar yomg'irlarga aylanar
Derazamdan ma'yus oqar biz kutgan orzular
Yurak yig'lar yig'lar yana yomg'irlar yog'ar
Qani edi dardlarimni yuva olsaydi ular
Yurak yig'lar
Yurak yig'lar
Yurak yig'lar
Yurak yig'lar
Yuragim to'xtab qolganday bo'ldi shu on
Sen-ku mendan ketarsan men esa xonavayron
Qolaman ortingdan qarab qalbim yaralab
O'zimga o'zim savol beraman yo'qdir sabab
Nahotki sevgidan ko'rganim meni faqat azob
Sevgi sarob bo'ldi xarob orzular endi yiroq
Ayanchli firoq tinmasdan qalbim tig'lar
Yuragim yig'lar nega yurak yig'lar a
Yurak yig'lar yig'lar (nega yuragim yig'lar)
Yomg'irlarga aylanar (yomg'ir yana yog'ar)
Derazamdan ma'yus oqar (dardlarim oqar)
Biz kutgan orzular (so'ndi mana orzular)
Yurak yig'lar yig'lar (yurak yig'lar)
Yana yomg'irlar yog'ar (yana mana yog'ar)
Qani edi dardlarimni
Yuva olsaydi ular (yurak yig'lar)