Mazmunsiz bu kunlar maqsadsiz orzular
Yuragimni ezar sendan qolgan dog'lar
Negadir sen mendan ojiz bu sevgimdan
Ketgansan sababsiz
Yog'gan bu yomg'irlar dardlarim yangilar
Sababi ular tinmay bir seni eslatar
Sen mendan ketgan kun
Hayolimda kezar eslab yana
Yog'adi yomg'ir dardlarimni bilgandek
Yog'adi yomg'ir sendan ayrilganimga
U ham guvohdir balki sen ham hozir
Meni eslayabsan yig'layabsan
Yog'ar yomg'ir go'yo orzularimiz to'kilar
Birma bir sen ketgan kunda ham esla
Yog'ardi yomg'ir seni menga balki
Meni senga eslatar tinmay yomg'ir
Yog'ar yomg'ir
Javobsiz savollar tinmay takrorlanar
Nega bu sevgimiz sarobga aylanar
Hatto osmon yig'lar ahvolimga qarab
Biz nega uchrashdik va ayrildik ne sabab
Bizlarni shu yomg'ir uchrashtirgan ahir
Endi uni bizga darddosh qilar taqdir
Ketma-ket savollar javobsiz javoblar
Yuragimni tilaklar yog'gan bu yomg'irlar