Salom ona, onajonginam,
Yana sizga yozmoqdaman xat.
Salomatmi aziz otam ham?
Ukalarim yurgandir xushvaqt.

Salom ona, onajonginam,
Bugun sizga yozmoqdaman xat.
Salomatmi aziz otam ham?
Ukalarim yurgandir xushvaqt.

Boshim uzra yulduz charog’on,
Chegarada turibman sergak.
Yurt bo’lsin deb tinch va farovon,
Doim bedor uradi yurak.

Onajonim, onajonginam,
Sizga mehrim tilagimda jam.
Qutlug’ bo’lsin, muborak bo’lsin,
Eng ulug’ va eng aziz bayram.

Salom sevgilim, senga yozarman xat,
Qalbimda sog’inch bilan sadoqatimni asrab.
Har doim yuragimda kulib turgan surating,
Yozgan xatingdagi so’zlaring – “omon qaytgin”.