Bugun men yana keldim senga uzoqdan termulib turibman
Yoningga borgim kelyapti yana o'sha baxtli damlarimizga qaytgim kelyapti
Afsus bunga endi men xaqsizman chunki endi biz - begonamiz
Shoshilib-shoshilib yurak sening tomon g'ururimni sindirdi butkul

Sog'inib-sog'inib sen ham meni bir bor yana yonimga qaytsang bir kun
Qaniydi qora ko'zlaringga yana takror to'yib-to'yib qarolsam tinmay
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning yana yoningga qaytsam bir kun
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning yana yoningga qaytsam bir kun

Qorong'u yolg'iz dunyo tor sensiz
Yashash osonmas ishon osonmas
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz
Yuragim ko'nmas yurak ishonmas
Ojizman seni unutish qo'limdan kelmadi

Ko'p urindim negadir hamma urunishlarim seni sog'inaverish bilan yakunlanaverardi
Bilasanmi hozir qanchalar hoxlayapman seni qaytarishni
Sen esa balki meni unutib bo'lgandirsan axir ayrilganimizga yillar bo'ldi
Shu onda senga bir gapni aytgim keladi: "Sensizlik osonmas ekan"

Ko'milib ko'milib yurak dardga yana qayg'ulardan ovunar tinmay
Umidlari so'ngan sevgidan afsun bo'lib yashayapman armonga ko'nmay
Bilmadim bu yuraksiz taqdir seni mendan nega uzoqlarga olib ketar
Yaqinda his etgan baxtli kunlar o'rniga xotiralarni solib ketar

Qorong'u yolg'iz dunyo tor sensiz
Yashash osonmas ishon osonmas
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz
Yuragim ko'nmas yurak ishonmas

Qorong'u yolg'iz dunyo tor sensiz
Yashash osonmas ishon osonmas
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz
Yuragim ko'nmas yurak ishonmas