Salom Benom salom Benom
Welcome back Benom
Har kungidan o'zgarar
Kunim salomdan boshlanar
Chap tomonda bolalar
O'ngda esa qaynonalar
Gilamlar qoqib-qoqib
Changitishar mahallalar
Tun o'tar quyosh botar
Kunlari shunday o'tar
Yo'limda davom etsam
Chiqib qoldi janonalar
Ortidan kezaverar
Yurak bag'ri vayronalar
Men esa salom bersam
Sho'x-sho'x bo'lib qarashar
Ishq mana shunday
Salomla boshlanar
Salom mahallalarga salom janonalarga
Salom hamma-hammaga assalom assalom
Salom sevishganlarga salom ham yurtdoshlarga
Salom barcha-barchaga assalom assalom
Qarasam atrofimda butun shahar sevishganlar
Orasida baxtlisi hamda o baxti qoralar
Ko'plari Telegramda bir-biri bilan tanishganlar
Ular ham tanishishda salomdan boshlaganlar