[Sarvar va Komil]

Hijron kechasi visol ko`chasi
Armonga cho`kkan yor
Baxt ko`rinmas quvonch sezilmas
Bu dard tinim bilmaydi yor

[Shahzoda]

Bu ishq chin sevgi-la gulzor
Yurak qayg`u ila bemor
Bu kech ishq ko`zlari zebo
Sog`inch-la ko`zlaring xumor

[Shahzoda Sarvar va Komil]

Sevgi mahzun sevgi afsun
Bu kech ishq ko`zlari maftun
Sevgi mahzun sevgi afsun
Nega ishq ko`zlarim giryun

[Sarvar va Komil]

Gohi bir hasrat gohi shirin baxt
Tuyg`umsan betakror
Sensiz yasholmas sendan ketolmas
Yuragim sening-la bor

[Shahzoda]

Bu ishq – ishq atalmish gulzor
Unda gulning tikanlari bor
Bu kech ishq ko`zlari zebo
Sog`inch-la ko`zlaring xumor

[Shahzoda Sarvar va Komil]

Sevgi mahzun sevgi afsun
Bu kech ishq ko`zlari maftun
Sevgi mahzun sevgi afsun
Nega ishq ko`zlarim giryun

[Sarvar va Komil]

Sevgi ko`zi ojiz sog`inch tinimsiz
Tunlar davomiy qiynaydi yo-o
Mehringga to`lgan doim sen-la bo`lgan
Sening-la yashar dillarim bor

[Shahzoda Sarvar va Komil]

Sevgi – gohida qayg`u-g`am
Sevgi – shirin bir dard-alam
Sevgi – ba`zida go`zal gul
Sevgi – guli tikanli gul
Sevgi – asli bu bir dunyo
Sevgi – xayol emas ro`yo
Sevgi – tuyg`udir ilohiy
Sevgi abadiy
Sevgi mahzun sevgi afsun
Bu kech ishq ko`zlari maftun
Sevgi mahzun sevgi afsun
Nega ishq ko`zlarim giryun