Yolg`onlarga ishonib
Bizdan kechib ketdingiz
Sizdan jonni ayamas
Qizdan kechib ketdingiz
Bizdan kechib ketdingiz

Voy-voy begim jon begim
Ko`nglimga sulton begim
Endi sizdan ayrilib
Yuragim vayron begim
Jonga kuygay jonday do`st
Jonga kuymas qanday do`st
Endi yorug` olamdan
Topolmaysiz manday do`st
Topolmaysiz manday do`st

Voy-voy begim jon begim
Ko`nglimga sulton begim
Endi sizdan ayrilib
Yuragim vayron begim
Sinab-sinab sabrimni
Sindirdingiz qalbimni
Jon do`stingiz men edim
Bilmadingiz qadrimni
Bilmadingiz qadrimni
Voy-voy begim jon begim
Ko`nglimga sulton begim
Endi sizdan ayrilib
Yuragim vayron begim