Mehr to`la dunyo mehriboning ko`p
Mehringga hech kimsa zor bo`lib qolmas
Men uchun olamda bir zot bo`lsa bas
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas
Onamsiz keng hovlim g`aribdan-g`arib
Jovdirab qolarman uni axtarib
Ko`ksiga bosh qo`ysam oldiga borib
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas

Ko`ksiga bosh qo`ysam oldiga borib
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas
Onajonim…
Onajonim o`rnini mehribonim o`rnini
Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas
Jonajonim o`rnini mehribonim o`rnini
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas

Yetmay unga ohim yetmay zorim ham
Tushunmasa hatto sevgan yorim ham
Ko`zimdagi yoshim artadi Onam
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas
Gohida gullarga ko`milib qoldim
Kuyladim hammaning ko`nglini oldim
Faqat bir narsaga men amin bo`ldim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas

Faqat bir narsaga men amin bo`ldim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas
Nochor qolganda qo`l uzatdim o`zim
Ba’zida bilmayin yig`latdim o`zim
Qalbimda bor mening shu bitta so`zim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas

Qalbimda bor mening shu bitta so`zim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas
Onajonim…
Onajonim o`rnini mehribonim o`rnini
Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas
Jonajonim o`rnini mehribonim o`rnini
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas