Go`zal kechalarda oy ham to`lin-to`lin
Sevgi azoblari buncha shirin-shirin
Tomdim tomchiladim Layli dudog`idan
Iforga belandim Shirin ro`molidan
Jilosi sepildi oyning jamolidan
Xabar keldimi yo yorning visolidan
Yorning visolidan

Go`zal kechalarda oy ham to`lin-to`lin
Sevgi azoblari buncha shirin-shirin
Sog`inching qiynadi bo`ldi ko`zim qaro
Kaftimga sochildi qirmiz rangli hino
Yetar sog`inganim yetar shuncha jafo
Kelgin yor kelaqol bo`lmay sabrim ado
Bo`lmay sabrim ado
Go`zal kechalarda oy ham to`lin-to`lin
Sevgi azoblari buncha shirin-shirin