Muhabbat qaydasan,
Muhabbat qaydasan, qalb ardog`im,
Jayronko`z, qirlarda qolgan ohim,
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im.
Kelar bo`lsang, yo`lingga gul to`shardim,
Sen Majnunga, men Layliga o`xshardim,
Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan topaman?
Muhabbat qaydasan,
Muhabbat qaydasan, qalb ardog`im,
Jayronko`z, qirlarda qolgan ohim,
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im.

Tushlarimda yig`larsan goh bag`ri qon,
Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon,
Menga senu senga men bo`ldik armon,
Endi seni izlab qaydan topaman?
Muhabbat qaydasan,
Muhabbat qaydasan, qalb ardog`im,
Jayronko`z, qirlarda qolgan ohim,
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im.
Muhabbat qaydasan, qalb ardog`im
Jayronko`z, qirlarda qolgan ohim,
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im