Men sevgan Guli afsus menga parvo qilmadi
Afsuski o`sha paytlar cho`ntakda pul bo`lmadi
Asalim Guli dedim shakarim Guli dedim
Nazariga ilmadi meni pisand qilmadi
Oradan vaqtlar o`tdi u mendayin topmadi
O`sha payt nega sevgimning qadriga yetmadi
Sevishim bilardiku gapirsam kulardiku
Nega meni aldadi sogindim kelmadi

Sababini bilay oh Guli
Ko`nglini bilmadim sababin bilmadim
Eh Guli Guli
Tunlari uyqum kelmay hamon uni o`ylardim
O`zganing quchog`idaligin qaydan bilardim
Bilganda sevarmidim shunchalar kuyarmidim
Nega meni aldadi sevgimni bilmadi

Qizlarning yaxshi-yomon har xil makri bo`larkan
Aldansa yigit kishi chidolmasdan sinarkan
Yuzida niqob ekan ustimdan kulgan ekan
Yig`lama qo`y endi vaqt qaytmaydi endi
Sababini bilay oh Guli
Ko`nglini bilmadim sababin bilmadim
Eh Guli Guli