Yo`limiz boshqa har taraf ketamiz endi-endi
Sevgim o`yin ekan netamiz endi-endi
Shirin sevgimizni alishding qog`ozlarga
Yaxshi yashayman deb nafsing qulisan endi
Yuragim yig`laydi lekin kulaman endi-endi
Sensiz yashamoq og`ir chidayman endi-endi
Farishtadek niqobing yecharsan endi-endi
Bilgin yor bu gunohing yuvolmaysan endi-endi

Ichimda gaplar qolib ketdi
Aytolmadim yurak seni deb yonib ketdi
Sevganim kam edimi yoki senga ko`z tegdimi
Begonalar seni olib ketdi
Qaytmagin orqaga yo`l yo`q ketaver endi-endi
Ko`nglimda senga boshqa joy yo`q boraver endi-endi
Aytay desam hatto so`z yo`q yig`layver endi-endi
Xatoni men emas sen qilding chidaysan endi-endi

Yillar o`tib bormoqda qara unutdim endi-endi
Aslida sening kimliging tushundim endi-endi
Biz kutgan o`sha yomg`irlar tindi endi-endi
Yuragimda yashaysan gulim bo`ldi endi-endi
Ichimda gaplar qolib ketdi
Aytolmadim yurak seni deb yonib ketdi
Sevganim kam edimi yoki senga ko`z tegdimi
Begonalar seni olib ketdi