Kelib-ketar bahor senga bevafo yor
Bevafodan men ham sendek vafoga zor
O`sha yorga seni berib men gunohkor
Atirgulim alvon gulim armon gulim

Qani uni ko`rmasaydim kuymasaydim
Senga qo`shib yuragimni bermasaydim
Hijron nomli tikanlarni termasaydim
Atirgulim alvon gulim armon gulim

Atirgulim atirgulim alvon gulim armon gulim
Sevgim kabi bevafoning qo`llarida xazon gulim
Atirgulim atirgulim alvon gulim armon gulim
Sevgi bergan azoblarga yo`q ekan bir darmon gulim

Baxtin topsin mayli o`sha vafosi kam
O`zing bo`lgin endi mening aziz erkam
Tikanlaring o`sha yordan yaxshi ekan
Atirgulim alvon gulim armon gulim

Kim tomonga burdi u yor yo`llarini
Bilolmadim anglolmadim dillarini
Bezatarsan endi kimning qo`llarini
Atirgulim alvon gulim armon gulim
Bu dunyoning ishlariga hayron gulim

Atirgulim atirgulim alvon gulim armon gulim
Sevgim kabi bevafoning qo`llarida xazon gulim
Atirgulim atirgulim alvon gulim armon gulim
Sevgi bergan azoblarga yo`q ekan bir darmon gulim