Oramizda onasi yo'q inson qancha
Hayotining ma'nosi yo'q inson qancha
Davlatimsiz hatto xasta holingizcha
Shukur deyman boringizga shukur ona
Istasangiz qo'lingizga tayoq bo'lay
Oyog'ingiz o'rniga men oyoq bo'lay
Yo'lingizni yoritguvchi chiroq bo'lay
Shukur deyman boringizga shukur ona
Duo qiling duoyingiz kerak menga
Baxsh etdingiz hayot va pok yurak menga
Achinmaydi o'zingizdan bo'lak menga
Shukur deyman boringizga shukur ona
Siz tufayli birovdan kam bo'lmay o'sdim
Shu yoshgacha zarra alam ko'rmay o'sdim
Bu dunyoda bittagina sodiq do'stim
Shukur deyman boringizga shukur ona
Duo qiling duoyingiz zarur menga
Baxsh etdingiz hayot va pok yurak menga
Achinmaydi o'zingizdan bo'lak menga
Shukur deyman boringizga shukur ona
Istasangiz qo'lingizga tayoq bo'lay
Oyog'ingiz o'rniga men oyoq bo'lay
Yo'lingizni yoritguvchi chiroq bo'lay
Shukur deyman boringizga shukur ona