Sochlarimda oqlar ko`rindi
Qadringizni bilyapman ota
Endi bildim endi bilindi
Sizga o`xshab boryapman ota

Ey mehri ko`p rizqi halolim
Jonimga jon mo`min kulolim
Mening baxtim mening iqbolim
Sizga o`xshab boryapman ota

Ota ota ota
Sizga o`xshab boryapman ota
Ota ota ota ota
Sizga o`xshab boryapman ota

Ro`zg`orim deb jonim ovora
O`zimga vaqt topilmas zora
Fursat o`tib endi tobora
Sizga o`xshab boryapman ota

Birin topsam yana birim kam
Quvonch kelsa ortida alam
Xuddi sizdek nigohlarim ham
Sizga o`xshab boryapman ota

Ota ota ota
Sizga o`xshab boryapman ota
Ota ota ota ota
Sizga o`xshab boryapman ota

Dunyo degan goh ostin-ustun
Bormi bunda yuragi butun
Yillar o`tib angladim bugun:
Sizga o`xshab boryapman ota

Sochlarimda oqlar ko`rindi
Qadringizni bilyapman ota
Endi bildim endi bilindi
Sizga o`xshab boryapman ota

Ota ota ota
Sizga o`xshab boryapman ota
Ota ota ota ota
Sizga o`xshab boryapman ota

Sizga o`xshab boryapman ota
Sizga o`xshab qoldim-ku ota