Ayro tushar bo'lsa iymon va imkon
Ikkiga bo'linib bo'lsa bu jahon
Qilichlar tagida cho'chisa-da jon
Vatan bilan bo'l Vatan bilan bo'l
Vatan bilan bo'lgin sen Vatan bilan bo'l
Dilingdan tilingdan ayirsalar ham
Boshingga solsa ham ming bitta alam
Hatto kesilsa-da qilich va qalam
Vatan bilan bo'lgin Vatan bilan bo'l
Vatan bilan bo'lgin sen Vatan bilan bo'l
Vatan bilan bo'l Vatan bilan bo'l
Vatan bilan bo'l sen Vatan bilan
Poyingga to'ksa ham oltin bilan zar
Hattoki tiz choksin ming bitta shahar
Yurt uchun haq yo'lda ichgin-da zahar
Vatan bilan bo'lgin Vatan bilan bo'l
Vatan bilan bo'lgin sen Vatan bilan bo'l
Vatan bilan bo'l Vatan bilan bo'l
Vatan bilan bo'l sen Vatan bilan
Ustozdan boshqasi o'rgatmasin so'z
Ogoh bo'l qaroni ko'rsin qaro ko'z
O'zga yurt kafanga bermas hatto bo'z
Vatan bilan bo'lgin sen Vatan bilan bo'l
Vatan bilan bo'lgin sen Vatan bilan
Vatan bilan bo'l Vatan bilan bo'l
Vatan bilan bo'l sen Vatan bilan