Erkalay men seni erkalay
Sochlaringni silab mani jonim
Erkalay har kuni erkalay
Yolg'iz erkatoyim o'zing yorim
Sochlaringni erkalar mayin shamol
Yuzlaringni siypalar tunlari oy
Yulduzlar jilovlanib ohu ko'zingda
Tabassumingdan tovlanar ochiq chiroy
Yolg'izim hech kim senday bo'la olmas
Shirin kulishlaringa to'yib bo'lmas
Yonimda har doimo sen bo'lsang bas
Hech narsa kerakmas sen bo'lsang bas

Erkalay men seni erkalay
Sochlaringni silab mani jonim
Erkalay har kuni erkalay
Yolg'iz erkatoyim o'zing yorim
Nigohlarim to'qnashsa senga bir dam
Yuragimga sig'mayman go'yo shu dam
Atrofimni sezmasdan mahliyo bo'lib
Qaniydi tezroq borib quchoqlab olsam
Erkatoyim mani mani xayotim
Tinglagin senga bitgan dildagi bayotim
Tabassumingda yashar bepoyon bu dunyo
Atrofda butun ro'yo bir senga mahliyo
Yagona keragim yolg'izim yuragim

Doim yonimda bo'lsang yagona tilagim
Bu dunyoga sig'mayman bir zumga ko'rmasam
Nafasing sezmasam yoningda bo'lmasam
Erkalay men seni erkalay
Sochlaringni silab mani jonim
Erkalay har kuni erkalay
Yolg'iz erkatoyim o'zing yorim
Erkalay men seni erkalay
Sochlaringni silab mani jonim
Erkalay har kuni erkalay
Yolg'iz erkatoyim o'zing yorim