Daryolar bo`yida ko`rishardik esingdami
Bulutlardan sen uchun yomg`ir so`rardim esingdami
Daryolar bo`yida ko`rishardik esingdami
Boshingdan ro`molingni olib qochardim esingdami

Vaqt nega toshbag`irsan bag`ritoshsan
Qaramaysan bir zumga ortingga
Shamol kabi uchib ketma to`xta bir pas
Ro`molini beray unga kech bo`lsada

Sevishimni aytolmadim
Kuyganimni aytolmadim
Orzuyimga yetolmadim
Seni unuta olmadim

Arazlashib ketsak men qaytardim esingdami
Lek sen esa qaytmasding o`sha kunlar esingdami
Bahorning kunida orzu qildik esingdami
G`animlar orzuyimiz barbod qilgani esingdami

Vaqt nega toshbag`irsan bag`ritoshsan
Qaramaysan bir zumga ortingga
Shamol kabi uchib ketma to`xta bir pas
Ro`molini beray unga kech bo`lsada

Sevishimni aytolmadim
Kuyganimni aytolmadim
Orzuyimga yetolmadim
Seni unuta olmadim