Men o`zi yaxshi bolamanda nazar sol qara
Ishim besh faqat siz norozi nechun bizdan yana
Voy asalim nozingdan akang vo-yey arazlama
Qo`ysangchi sevgilim-o nimang kam-u darding nima

Qiynama meni atirgulim
Yorilay deydi bechora yurak
Ko`nglingga qarab o`tar kunim
Senga o`zi nima kerak

Yuzingdagi tabassuming qani
Kayfiyatingni ko`taraymi jonim
Enrikejon yoki Pitbul akani
Parodiya qilib beraymi jonim

Latino Amerika musiqiy isterika
Kubano Puerto Riko o`yna jonim bos-bos
Latino Amerika usuli isterika
Qimir-qimir motorika o`yna jonim bos-bos

Seni yaxshi ko`ramanda shunisi bir sabab
Bo`lmasa mingga qo`yardim bo`la qolsin deb ajab
Voy asalim bilsangchi axir bir bor menga qarab
Sevdim deb sabr qilib turibman qilmasdan g`azab

Qiynama meni atirgulim
Yorilay deydi bechora yurak
Ko`nglingga qarab o`tar kunim
Senga o`zi nima kerak

Yuzingdagi tabassuming qani
Kayfiyatingni ko`taraymi jonim
Enrikejon yoki Pitbul akani
Parodiya qilib beraymi jonim

Latino Amerika musiqiy isterika
Kubano Puerto Riko o`yna jonim bos-bos
Latino Amerika usuli isterika
Qimir-qimir motorika o`yna jonim bos-bos