Kutar edimki men sendan
Ko`nglimda faqat sen borsan
Degan so`zingni
Chiroyli so`zingni

Seni dedim beor bo`ldim
Qilmagan ishimni kor qildim
Qaragin kimman
O`zgardim dastingdan

Lolam mening Lolam
Bahorgi gul misolisan Lolaxonim
Lolam mening Lolam
Yuragimning istagisan Lolaxonim

Ko`zlarimdan tomardi yosh
Bir kun xursand bir kun bebosh
O`tmoqda vaqtim
Sensiz muhabbatim

Xohlar edimki men shuni
Yoritsang edi hayotimni
Kelib yonimga
Qolib yonimda bir umrga

Lolam mening Lolam
Bahorgi gul misolisan Lolaxonim
Lolam mening Lolam
Yuragimning istagisan Lolaxonim