Tog' orti quyosh ko'rdim
Men o'zimni yosh bildim
O'ksib adolat izlab
Onamni sirdosh bildim
"Faxrimsan o jon o'g'lim
Yengilma tik tur mardim"
Deb kuzatardilar duo qilib
Onaginam yolg'izim
Do'stim serob yorim bor
O'gil-qiz niholim bor
Ammo baribir hech kim
Onamning o'rnin bosolmas
Ko'nglim olar elim bor
Oydin oy quyoshim bor
Ammo baribir hech kim
Onamning o'rnin bosolmas
O'rnin bosolmas
Xulqi avliyo onam
Ko'ngil oqim bir donam
Rizomisiz men ojizdan
Ko'zlari mushtoqginam
Yurak-bag'rim qon bo'ldi
Ichim sirlarga to'ldi
"Bolam ayt nima qildi
Degan…