Shohruhxon

Heey dam dema…
Hech kimga ma`lum emas holi-parishonim maning
Osmonni tiyra qildi ohu-afg`onim maning

Shaxriyor

Qalbim nima istar bilolmadim man shu paytgacha
Kechalari oy bilan diydorlashib vidolashaman
Keladigan tungacha
Kunim o`tar Unda na mazmun na bir nihoya
Na bir hulosayu hikoya
Hayotim shu tarz o`taveradi aniq itoatida
Mening esa ko`nglim hech bir zamon uchratmagan zoti pokimda

Shohruhxon

Dam bu damdir o`tgan damni dam dema
O`tkan kunni dam dema dam dema
Yorsiz o`tkazgan damni dam dema
Yorsiz kunni dam dema dam dema
Ko`zlarim ochiladi tong sahardan ertalab
Yanada kaminadan ne talab shu dam holatim darg`azab
Yumdim ko`zimni soxta ro`yodan kechdim
Har nedin begona bo`ldim
Bo`ldim quvg`in man bu dunyo ichinda
Bir dona edim ming dona bo`ldim

Dam bu damdir o`tgan damni dam dema
O`tkan kunni dam dema dam dema
Yorsiz o`tkazgan damni dam dema
Yorsiz kunni dam dema dam dema
Dam dema dam dema huo-u dam dema
Quvg`in bo`ldim quvgin bo`ldim
Dam dema dam dema huo-u dam dema
Bir dona edim ming dona bo`ldim
Dam bu damdir o`tgan damni dam dema
O`tkan kunni dam dema) dam dema
Yorsiz o`tkazgan damni dam dema
Yorsiz kunni dam dema) dam dema

Shaxriyor

Yorsiz kunni dam dema…