Gohida kuy ishqi qilganda xumor
Sho'ng'ib ketsam goho ohu-nolamga
Vayron kulbasida nimaiki bor
Onam menga tutar men-chi bolamga
Vayron kulbasida nimaiki bor
Onam menga tutar men-chi bolamga
Jovdiraydi sarflab barcha imkonin
Qo'yib bersang tutar kaftida jonin
Suprasini qoqib eng so'nggi nonin
Onam menga tutar men-chi bolamga
Suprasini qoqib eng so'nggi nonin
Onam menga tutar men-chi bolamga
Men halakman o'gil-qizim erkalab
Quvonaman har bir yutug'in sanab
Bechora tin bilmas kechmi ertalab
Onam menga tutar men-chi bolamga
Qayda yursa maqtar men dilbandini
Elga ko'rk bo'lar deb shu farzandini
To'ydan niyat qilib olgan qandini
Onam menga tutar men-chi bolamga
To'ydan niyat qilib olgan qandini
Onam menga tutar men-chi bolamga
To'ydan kech qaytsam-u turmay ertalab
Uxlasam boshimda sochlarim silab
Nimadir kaftida qo'li qaltirab
Onam menga tutar men-chi bolamga
Nimadir kaftida qo'li qaltirab
Onam menga tutar men-chi bolamga
Eh besh kunlik dunyodan izlayman malham
Yiqilsam yonimda hamdamim onam
Qaniydi qaniydi onamdek mard bo'lib men ham
Butun topganimni onamga tutsam
Ushbu qo'shiq matni uchun Shahnoza