Uch balodan saqlasin:
Charxi-balokash bo`lmasin
Do`st mehrsiz dardsiz ulfat
Yor jafokash bo`lmasin

Dil agar payvand erursa
Ne jafo chekmak biroq
Hech ko`ngil sevgan ko`ngil
Yonida yakkash bo`lmasin

Neki dard bor neki kulfat
Bu jahonning kunjida
Men bo`lay yuz ming giriftor
Lek maxfa’ash bo`lmasin

Men yonib qalbimni tutdim
Senga kaft uzra qo`yib
Ol uni o`ynat va lekin
O`tga tashlash bo`lmasin