Yer yuzida qancha oshiqlar bedor
Ushalmagan orzu istak dog'ida
Taqdir shu ekan deb ko'zlari xumor
Mazmunsiz umrining yo'llarida
Ayirma hey taqdir sevishgan dillarni
Ular biridan bo'lsa biri yon
Ayirma hey taqdir sevishgan dillarni
Dunyoda kamayardi armon
Xuddi qanotidan ayrilgan qushdek
Biri biridan ayrilgan ko'ngillar
Taqdir shu ekan deb kezib hayotni
Birga bo'lolmasdan yig'laydi ular
Ayirma hey taqdir sevishgan dillarni
Ular biridan bo'lsa biri yon
Ayirma hey taqdir sevishgan dillarni
Dunyoda kamayardi armon
Ayirma hey taqdir sevishgan dillarni
Ular biridan bo'lsa biri yon
Ayirma hey taqdir sevishgan dillarni
Dunyoda kamayardi armon