Qalbimda to'la orzularim bor ushalar qachon
Eng oliy orzu - meni doimo asraydigan inson
Ishonolmadim taqdir yuzma-yuz senga uchratdi
O'sha kun bildim hayot sinovga meni uzatdi
Aniq bilaman baxtga yetmayman
Dardim yashaydi mening qalbimda
Aniq bilaman umid bo'lsa ham

Hayotim emas mening qo'limda
Qiynar yuragim - nedir gunohim shuncha azoblar
Taqdirmas bo'lsang nega xayolim seni eslatar
Armonim bo'lib ushalding orzu bu qanday jazo
Oxirgi so'zim - baxtiyor bo'lgin orzu alvido
Aniq bilaman baxtga yetmayman
Dardim yashaydi mening qalbimda
Aniq bilaman umid bo'lsa ham
Hayotim emas mening qo'limda