Sen ketding
Qalbim bedor bo’lib seni sog’insa
Aytgin men nima qilay
Qaytmaysan
Buni sezib tursam ham
Seni unutolmasam nima qilay
Seni seni
Unutolmasam seni nima qilay
Seni seni
Unutolmasam seni nima qilay
Taqdiring o’zga bo’lar ekan
Buni qalbim tan olmasa nima qilay
Doimo sen yonimdasan deb o’ylab
Yashasam aytgin nima qilay

Seni seni
Unutolmasam seni nima qilay
Seni seni
Unutolmasam seni nima qilay
Kunduzi quyosh sening
Kechalar yulduz sening
Eslatsa ko’zlaringni nima qilay
Ovozingning jarangi
Yuragimda yashaydi
Xayolimdan ketmasang nima qilay

Seni seni
Unutolmasam seni nima qilay
Seni seni
Unutolmasam seni nima qilay
Orzuim
Faqat o’zing eding
Sendan umid uzolmasam nima qilay
Yuragim
Sendan o’zgani hech
Endi sevolmasa aytgin nima qilay