Seni hamma-hammadan yaxshi ko`rib sevaman
Bilib-bilmay ba’zida qalbing ozor beraman
Xasta bo`lib qolsang gar aniq ado bo`laman
Kasal bo`lma iltimos sensiz nima qilaman

Bizga baxtlar yarashadi armon emas
O`zga yorlar kulgulari darmon emas
Boshqa birov sendek bo`lolmas
Xasta bo`lma jonim ado bo`laman
Mendan oldin o`lma ishon o`lib bo`laman
Senga men zor bo`laman

Sensiz men xor bo`laman azizim
Seni hatto o`zgalar-u o`zimdan ham qizg`onib
Ko`rsam deyman seni har kun yuragim yonib
Gohida men o`zim rost so`zlardan ham tonib
Kasal bo`lma iltimos yig`layman sensiz qolib

Xasta bo`lma jonim ado bo`laman
Mendan oldin o`lma ishon o`lib bo`laman
Senga men zor bo`laman
Sensiz men xor bo`laman azizim