Soʻnmas ekan umid mangu
Yashar ekan yuraklarda u
Qalbimda yashar umid sen uchun
Kelganida har yangi kun
Uygʻonar umidlarim
Koʻrib qolarmikanman deb seni bugun

Bu umidlar umidlar
Yuragimda yashar hamon
Bu umidlar jon bermas oson
Bu umidlar umidlar
Bir zum meni tinch qoʻymaydi
Bu umidlar aslo soʻnmaydi

Maʼyus boqib tark etdilar
Yoʻllarimizni farishtalar
Baribir yashar umid men uchun
Sen bilmagan sirlarimni
Rangsiz orzularimni
Suratingga aytaman men yana bugun

Bu umidlar umidlar
Yuragimda yashar hamon
Bu umidlar jon bermas oson
Bu umidlar umidlar
Bir zum meni tinch qoʻymaydi
Bu umidlar aslo soʻnmaydi