Kapalaklarning ranggi
Gulda shabnamlar tonggi
Erkalaydi sevgimizni
Botadi quyosh tezroq
Birga bo`lsin deb ko`proq
Ikkimizni
Sevgim kaliti senda
Uni hech qachon yo`qotmagin yo`qotmagin
G`am-hijronlar uyquda
Ularni aslo uyg`otmagin uyg`otmagin

Qalb toki bor so`nggi nafas
Yurak sendan voz kechmas
Sendan o`zgani demas ishongin
Bitta yo`lni bilarman
Va shu yo`ldan yurarman
Olib borar sevgimizga
Yolg`izlik qo`rqitolmas
Muhabbat qilar havas
Ikkimizga

Sevgim kaliti senda
Uni hech qachon yo`qotmagin yo`qotmagin
G`am-hijronlar uyquda
Ularni aslo uyg`otmagin uyg`otmagin
Ha toki bor so`nggi nafas
Yurak sendan voz kechmas
Sendan o`zgani demas ishongin