Sen u yerda men bu yerda
Oramizda manzillar
Ayt qayerda ayt qayerda
Qoldi qilgan orzular
Hech ham o’ylamasdim sendan ayrilish
Bunchalik azobli bo’lar deb
Aqlimga sig’maydi dilimni tirnaydi
Shu bitta kichkina yuragim

Sen u yerda men bu yerda
Oramizda manzillar
Ayt qayerda ayt qayerda
Qoldi qilgan orzular
O’ylamay deymanu yuragim qo’ymaydi
Go’yo vujudim asir etgan
Hech taslim bo’lmayman boshimni egmayman
Taqdirning o’tkazgan zulmiga
Sen u yerda men bu yerda
Oramizda manzillar
Ayt qayerda ayt qayerda
Qoldi qilgan orzular