Bu besh kunlik hayotda ikki ko`zim hayratda
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko`rdim men
Yengilib ba’zan yovsiz qolib birov qarovsiz
Hatto cho`g`siz olovsiz yonganlarni ko`rdim men

Nohaqlarning yonini bechoraning molini
Jon deb turib jonini olganlarni ko`rdim men
Amal qilmay diniga bir marta emas kuniga
Shaytonlarni diliga solganlarni ko`rdim men

Bu besh kunlik hayotda ikki ko`zim hayratda
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko`rdim men
Yengilib ba’zan yovsiz qolib birov qarovsiz
Hatto cho`g`siz olovsiz yonganlarni ko`rdim men

Begona bilan yotgan balchiqqa dildan botgan
Hatto badanin sotgan arzonlarni ko`rdim men
O`zga yurtlarda yurgan qaytib kelolmay turgan
Peshonasiga urgan sarsonlarni ko`rdim men

Bu besh kunlik hayotda ikki ko`zim hayratda
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko`rdim men
Yengilib ba’zan yovsiz qolib birov qarovsiz
Hatto cho`g`siz olovsiz yonganlarni ko`rdim men

Har kuni ichib yurgan ichib otasin urgan
Ikki oyoqda yurgan hayvonlarni ko`rdim men
Haqiqat so`z aytganda qilganida attang-da
Bolasidan qaytganda vayronlarni ko`rdim men