Ko'ngling qanday olay har kuni ovvoraman
Bir shirin so'zing uchun qanchalar yolvoraman
U desam yoqmayapti bu desam yoqmayapti
Nega aytgin seni menga ko'ngling bo'lmayapti
Yonimga chiqasan deb yo'llaringni kutaman
Qaraging ham kelmaydi dardim ichga yutaman
Bu sevgi maydonida qachon men ham yutaman
Nega aytgin seni menga ko'ngling bo'lmayapti

Yomonlik qilmasamda so'zlaring buncha zaxar
Xatlarimga javob ber iltimos bergin xabar
Sen ham insonsan ahir go'zalsanda naqadar

Boyligim ota-onam va go'zaldur yuragim
Qo'limda xunarim bor senga ham bor keragim
Ko'zlaringni katta och yuragim emas yog'och