Yorim bugun to`ying ko`zlaringda yosh
Yarashibdi qara yoningda sirdosh (x2)
Nechun ayrildik biz taqdir beshafqat
Ortingdan qoldi ko`zlarim qarab
Bevafo yor to`ying muborak
Bevafo yor to`ying muborak

Shu qo`shig`im yozdim men senga atab
Oq libosdan menga turmagin qarab
Mendan ketganingga bormikan sabab
Oydek yuzlaringga to`ymadim qarab
Bevafo yor to`ying muborak
Bevafo yor to`ying muborak

O`zga yor bag`riga qo`yar bo`lding bosh
Nahot shu yuraging bo`lgan ekan tosh
Bu azobga yurak berolmas bardosh
Ohu ko`zlaringdan oqar bo`ldi yosh
Bevafo yor to`ying muborak
Bevafo yor to`ying muborak