O'lib qolgan iymonim qayta tug'ulsin
Egilmagan qaddim bugun egilsin
Poyiga bir umr vujudim to'kilsin
Onajonim menga joynamoz bering
Dunyo dedim tan olmay barcha matoni
Shu sabab har bir ishda ko'rdim jazoni
Hozirdan o'rganib aytayin azonni
Onajonim menga joynamoz bering
Bormas edim muborak juma namozga
Havas qilmay azonday shirin ovozga
Berilibman kechiring kibr parvozga
Onajonim menga joynamoz bering

G'aflat bosib yotardim peshinga qadar
Namozsizlik kulfat-u g'amlarga eltar
Bugun bildim namozlar go'zal na qadar
Onajonim menga joynamoz bering
Iymonim yig'ladi qazolarimdan
Kechirgin yuragim ozorlarimdan
Yuzlarim nurlansin namozlarimdan
Onajonim menga joynamoz bering
Xatolar qilibman yoshlikka yo'yib
Pul topish dardida namozni qo'yib
Yurakka Qur'onni muxurlay o'yib
Onajonim menga joynamoz bering

Tushlarimga kiribdi Firdavs bog'lari
Nurli insonlarni baxtli chog'lari
Kechirildi birdan gunoh tog'lari
Onajonim menga joynamoz bering
Duo qilib Ollohga bugun yolvoray
Ota-onam sizlarni Hajga olib boray
Musulmonman Ollohga iymon keltiray
Onajonim menga joynamoz bering
Musulmonman Ollohga iymon keltiray
Onajonim menga joynamoz bering