Yodimda ilk bora seni uchratgan kunim
Umuman butkul o‘zgargan edi bu hayotim
O‘ylar edim hayotimga to‘ladi baxtlar
Aslida esa seni turgan-bitganing – dardlar
Orzu qilar edim termulib bu ko‘zlaringga
Mushtoq edi qalbim e’tiborli so‘zlaringga
Afsuski bu go‘zal chehrangga qalbing teskari
Sevgimda kelajak yo‘q qadrsiz ekan bari
Bir tiyin ekan shuncha yil bo‘lgan munosabat
Umuman begona senga mehr-oqibat
Boylik hamma narsadan ustun bir tiyin muhabbat
Soxta obro‘-e’tibor bo‘lsa bas senga faqat
Afsuslanasan bir kun qoqilganda hayotda
Alam ila eslaysan qolib meni faryodda
Yetmading qadriga hech muhabbatim edi sof
Bir kun kelib Ollohim senga ham bersin insof

[Mo‘min]
Ket bo‘lgin mendan yiroq
Sevgi emas o‘yinchoq
Unutolmasman biroq
Bo‘ldi bas kerakmas baxtni qilgandim havas
O‘zga ekan maqsading ko‘zlaring alday olmas
Bo‘ldi bas kerakmas baxtni qilgandim havas
Sabrim bo‘ldi ado qildim xato qalbim zor emas
Senga-a-a

[Shaxboz]
Tan olaman talpinadi yurak hamon
Lek endi oramizda masofa yeru-osmon
O‘zga bilan baxtlidirsan balki begumon
Meni eslarmikinsan oz bo‘lsa ham har zamon
Vaqtinchamidi bergan barcha bu va’dalaring
Yolg‘ondan yosh to‘kkanmidi men uchun ko‘zlaring
Qalbimda go‘zal tuyg‘ular urar edi jo‘sh
Bugun esa bo‘m-bo‘sh aybdor kim bunga xo‘sh
„Sevaman asrayman sizsiz men yasholmayman“ –
Degan gaplaringni bugun alam ila eslayman
O‘sha yangi topganing mendan bo‘ldimi azizroq
Unutgim keladi lekin unutolmasman biroq
Qaytar dunyo bir kun tushunib yetasan aybing
Afsuslar ila faryod-la tirnab qiynaydi qalbing
Xor etding muhabbatimni lekin edi sof
Mayli Ollohim bir kun senga ham bersin insof

[Mo‘min]
Ayt ne edi gunohim
Osmonlarda ohim sabr bergin Ollohim
Ayt qalbim ezilar darddan
Yiroq ketdingmu baxtdan
Bilsam sevging soxta
Bo‘ldi bas kerakmas baxtni qilgandim havas
O‘zga ekan maqsading ko‘zlaring alday olmas
Bo‘ldi bas kerakmas baxtni qilgandim havas
Sabrim bo‘ldi ado qildim xato qalbim zor emas
Senga-a-a