Sovg`alarim xursand bo`lib olgan edingku
Hamma gaplarimga quloq solgan edingku
Bir kun qo`ng`iroq qilolmay qolganlarimda
Xatlar yozib havotirlar qilgan edingku

Nega aytmading o`z sevganing borligini
Nega aytmading diling unga zorligini
Nega aytmading sen menga shuni
O`shanda eng birinchi kuni
Seni deb eh kimlardan voz kechganlarimda
Bitta senga yuragimni ochganlarimda
Endi sensiz boshqa menga kerakmas deya
Yigit so`zin aytib qasam ichganlarimda

Nega aytmading o`z sevganing borligini
Nega aytmading diling unga zorligini
Nega aytmading sen menga shuni
O`shanda eng birinchi kuni

Nega aldading meni ataylab
Axir har doim seni yurar edim avaylab
Lekin avaylaganlarim bari bo`ldi bekor
Munosabatimizning so`ngida bo`ldi oshkor
Soxtalik yashiringan ekan ko`zing ortida
Yo`q ekanman hatto yuraging chetida
Sevgi qurilgan ekan manfaatlar ustida
Azoblar bor ekan yolg`onlaring ostida

Shunchalar aldagan ekan meni bu ko`zlaring
Qayerlardan keldi shuncha aytilgan so`zlaring
Foydalanding oson tuyg`ularimdan
Samimiylik namoyon edi kulgularingdan

Shunchalar zo`r o`ynading rolingni
Men esa ahmoq so`rabman qo`lingni
Rad javobini berganingdan beri bilasanmi
Sog`inchlar qanchalar yuragimga sanchilar
Nega aytmading o`z sevganing borligini
Nega aytmading diling unga zorligini
Nega aytmading sen menga shuni
O`shanda eng birinchi kuni
Nega aytmading…