Ikkimizdan ham o`tdi xatolar
Ne uchun ne sabab chekamiz biz azoblar
G`ururingni aslo ustun qo`yma
O`yla o`yla yo`q bo`lsin armonlar

Kunlar o`tib bormoqda yana o`sha hayot
Kimdir xursandchilikda kimdirlar urar faryod
Har kungi kun tartibi negadir zerikkanman
Go`yoki hayotimda nimanidir yo`qotganman
Nolimasman hech ham yaqinlarim oldimda
Oila a’zolarim do`stlarim bari yonimda
Shunday bo`lsa ham negadir ko`nglim hech ham to`lmas
Tan olish kerak sensiz hayotim qiziqmas

Aniq bilaman haligacha qalblar umidvor
Masofa uzoqlashmagan o`rtada imkon bor
Nahotki arzimagan narsa bizni ayirsa
Nahotki qochamizmi baxt biz tomonga kelsa